Galickiy: Krasnodar bugun ikki futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2014
Krasnodar klubi xo'jayini Sergey Galickiy bugun klub ikki nafar futbolchi bilan kelishuvga erishganini ma'lum qildi.
Galickiy gap Roman Shirokov haqida ketmayotganini ma'lum qildi.

Transfer bozorida ishlashda davom etamiz. Bugun ikki nafar futbolchi bilan kelishuvga erishdik. Ulardan biri rossiyalik, - deb yozadi Galickiy tvitterdagi o'zining rasmiy sahifasida.

Shirokov emasmi? - deb berilgan savolga, Yo'q, - deb javob berdi Krasnodar prezidenti.

Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik Odil Ahmedov ushbu klubga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia