“Galatasaroy“ Sanedan so'ng yana bir TOP futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

Khoja
13 iyun 2025
“Manchester Siti“ning uzoq yillik yetakchilaridan biri Ilkay Gyundogan faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchi “Galatasaroy“ vakillari bilan muzokara olib bormoqda. 34 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistonidan ham taklif tushgan. Biroq futbolchining o'zi ham Turkiya klubiga o'tishni istamoqda.

Ilyakning “Manchester Siti“ bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi yakunlangan mavsumda 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com