Gakpo Angliyaga yetib bordi, u tez orada "Liverpul" bilan shartnoma imzolaydi

Оқил Абдубарноев
28 dek 2022
Niderlandiyalik vinger Kodi Gakpo "Liverpul"ga o'tishga yaqin turibdi.

Manbaning xabariga ko'ra, hujumkor yarim himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun allaqachon Angliyaga yetib borgan.

Oldinroq Gakpo uchun mersisaydliklar 37 million funt va yana 13 million bonus sifatida sarflagani, shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangani xabar qilingandi.

Eslatib o'tamiz, Kodi joriy mavsum PSV safida 24 o'yinda maydonga tushib, 13 gol urdi va 17 golga assistentlik qildi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports