Futzal. Toshkentda yosh hakamlar uchun seminar o'tkazilmoqda
Tolibjon Qosimov
24 sen 2016, 10:48
Toshkentda O'zbekiston futzal Assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan seminar o'tkazilmoqda.
Ushbu seminar yosh va yangi hakamlar uchun bo'lib o'tmoqda. Seminar yo'riqchisi Shuhrat Po'latov. Nazariy va amaliy darslarning barchasi "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkazilmoqda.
23 sentyabrda boshlangan seminar 25 sentyabrga qadar davom etadi.