Futzal. O'zbekiston Iroqqa qarshi ikkinchi o'rtoqlik bahsida mag'lubiyatga uchradi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2022, 19:30
O'zbekiston futzal terma jamoasi iroqlik futzalchilarga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishdi.

Terma jamoalar 13 sentyabr kuni dastlabki o'rtoqlik o'yinini o'tkazishgan va unda vakillarimiz 5:4 hisobida g'alaba qozonishgandi. Bugun jamoalar ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishmoqda.

Uchrashuv soat 18:00da "Yunusobod" sport majmuasida boshlandi. Futzalchilarimiz bugungi o'yinda oq libosda harakat qilishmoqda.

15 sentyabr

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi

Iroq – O'zbekiston 2:0 (TUGADI)

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Sultonmurod Abdurahmonov, Anatoliy Rubakov, Adham Rihsiboev

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Adelya Kurmaeva

"Yunusobod" yopiq sport majmuasi. 18.00

Gol: Fahad Methaq Hafid 4', Salim Faysal Abudaysal Abid 10'

Iroq (dastlabki beshlik): 1.Muhammad Sami Nosir, 5.Haedr Majid Dsrevil, 8.Gaiti Riyod Karim, 9.Muhib Aldin Juma, 15.Mustafo Ihsan JUma

Zaxira: 12.Zohir Mehdi Hodi, 2.Fahad Methaq Hafid, 6.Durgam Abdulamir, 7.Salim Faysal Abudaysal Abid, 10.Mohanad Abdulhodi Naim, 11.Muhammad Raad Gnaishel, 13.Tariq Ziyod Sulaymon, 13.Volid Holid Fahim, 18.Ali Shihab Ahmad, 19.Rafid Hamid Issa    

O'zbekiston (dastlabki beshlik): 12.Ravshan Eliboev, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriev

Zaxira: 16.Abbos Elmurodov, 2.Anasxon Rahmatov, 5.Sunnatilla Jo'raev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To'lqinov, 11.Akbar Usmonov, 13.Shahram Fahriddinov, 14.Xayrulla Solihov, 15.Davlat Ibragimov, 17.Daler Eshonqulov 

YANGILASH

Foto: Tolibjon Qosimov



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia