

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Vetnamga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 3:3 hisobida durang o'ynadi. 8 fevral kuni O'zbekiston U23 terma jamoasi Xitoy Taypeyiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. 9 fevralda esa aynan shu jamoamiz Avstraliya bilan bahs yuritadi.
Har ikkala uchrashuv ham Toshkentdagi "Yoshlik" arenasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Toshkentdagi Osiyo chempionati 10 fevral kuni start oladi.



