

O'zbekiston U-20 terma jamoasi delegaciyasi 8 may kuni Tailandga uchib ketgan edi. Xose Mariya Pazos Mendez boshchiligidagi yoshlarimiz avvaliga 10 may sanasida Vetnam yoshlariga qarshi nazorat o'yini o'tkazishdi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 12 mayda esa Xitoy U-20 terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etishgan edi.
13 may kuni yoshlarimiz Bruney U-20 terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Osiyo chempionatidan oldingi so'nggi bahsda vakillarimiz 9:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-20 terma jamoasi “C” guruhida Qatar, Livan, Myanma va Gonkonglik tengdoshlari bilan kuch sinashadi.



