

Uchrashuvning 17 daqiqasida Davron Choriev hisobni ochgan bo'lsa, 38 daqiqada vetnamliklar ikkita to'p kiritib oldinga o'tib olishdi. O'yinning so'nggi 40 daqiqasida Dilshod Rahmatov terma jamoamizni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Vetnam - O'zbekiston 2:2
Nagoya, 23.04.2016
Gollar: M.T.Nguen 38, N.S.Ngo 38 - D.Choriev 17, D.Rahmatov 40
Vetnam: Birinchi beshlik: Ngo Din Tuan, Vu Xuan Du, Nguen Man Dung, Tran Long Vu, Ngo Ngok Son.
Zaxiradan tushganlar: Nguen Van Huy, Phung Trong Luan, Nguen Min Tri, Nguen Bao Quan, Dang Pxi Tien, Dan Pxat, So Tri Kiet.
O'zbekiston: Birinchi beshlik: Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.
Zaxiradan tushganlar: Dilshod Irsaliev, Shuhrat Tojiboev, Feruz Faxriddinov, Davron Choriev, Ilhom Hamroev, Andrey Shlema, Jamoliddin Sharipov, Javlon Anorov.
Turnirdagi kecha bo'lib o'tgan o'yinda Yaponiya terma jamoasi Vetnamni 7:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Hozircha yaponlarda 3 ochko, Vetnam hamda O'zbekiston terma jamoalarida esa 1 ochkodan mavjud. Ertaga turnirning so'nggi o'yini Yaponiya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.



