Futzal. Bugun terma jamoamiz Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi

Nozimov Nig'monxo'ja
22 noya 2023
Bugun O'zbekiston futzal terma jamoasi dunyoda o'z o'rniga ega bo'lgan Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Ushbu bahs terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes uchun debyut bahs bo'ladi.

Uchrashuv 19:00 da "Yunusobod" sport majmuasida boshlanadi.

Xose Venansio Lopes tomonidan O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'ini va Yaponiya futzal terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlariga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati.

Darvozabonlar: Abbosbek O'lmasbekov (OKMK), Ravshan Eliboev (BMB), Humoyun Rahmatullaev ("Paxtakor").

Futzalchilar: Abdulla Solihov, Ravshan ismatullaev, Elbek To'lqinov (OKMK), Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Davron Choriev (BMB), Mehroj Xudoyberdiev ("Dinamo"), Ilhomjon Hamroev, Ixtiyor Ropiev, Dilshod Rahmatov ("Oil Star"), Fazliddin Botirov ("Maksam-Chirchiq"), Jamshid Rahmatullaev ("Nasaf"), Akmal Elmurodov ("Bunyodkor").


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia