Futzal. Bugun O'zbekiston terma jamoasi Kuvayt bilan ikkinchi o'yinni o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
25 sen 2023
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoa Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida Kuvayt bilan to'qnash keladi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

23 sentyabr ushbu jamoalar o'rtasida o'tgan ilk bahsda O'zbekiston 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

O'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston - Kuvayt
25 sentyabr 2023 yil. Toshkent, "Yunusobod" sport majmuasi. 18:00



Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi 1 va 3 oktyabr kunlari Livan bilan ham ikkita o'rtoqlik uchrashuvida parketga tushishadi.

1 oktyabr, 17:00
O'zbekiston - Livan

3 oktyabr, 18:00
O'zbekiston - Livan



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia