Futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
30 mar 2017
Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida 20 yoshgacha bo'lgan futzalchilar o'rtasida tarixda birinchi marta o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur'a natijasiga ko'ra, O'zbekiston U-20 terma jamoasi “C” guruhida Qatar, Livan, Myanma va Gongkong terma jamoalari bilan o'rin oldi.


U-20 Osiyo chempionati qur'a natijalari:

"A" guruhi:
Tailand, Iroq, Malayziya, Bruney, Baxrayn, Afg'oniston.

"B" guruhi: Vetnam, Yaponiya, Xitoy Taypeyi, Tojikiston, Indoneziya.

"C" guruhi: O'ZBEKISTON, Qatar, Livan, Myanma, Gongkong.

"D" guruhi: Eron, Qirg'iziston, Xitoy, Mo'g'uliston, BAA.


Har bir guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar chorak finalga chiqadi. Tarixda ilk bor o'tkaziladigan futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati 2017 yilning 16–26 may kunlari Bangkok shahrida o'tkaziladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia