Futzal bo'yicha Osiyo kubogi–2026 kundaligi: 1-tur bahslari yakunlandi (jadval)

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2026, 18:44
Bugun, 28 yanvar kuni futzal bo'yicha Osiyo kubogining "S" guruhida 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

 Mazkur guruhdan joy olgan O'zbekiston terma jamoasi o'z yurishini durang bilan boshladi.

"S" GURUHI. 1-TUR NATIJALARI

YAPONIYA - AVSTRALIYA 6:2

Yaponiya terma jamoasi ilk turdayoq o'z maqsadi jiddiy ekanligini ko'rsatib, avstraliyaliklar darvozasiga 6 ta to'p kiritdi.


O'ZBEKISTON - TOJIKISTON 0:0

Markaziy Osiyo derbisida har ikki jamoa qanchalik harakat qilmasin, darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Vakillarimiz ilk turda bir ochko bilan kifoyalanishdi.

O'rinJamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
1Yaponiya11006-23
2O'zbekiston10100-01
3Tojikiston10100-01
4Avstraliya10012-60

O'zbekiston futzal terma jamoasining keyingi o'yini 30 yanvar kuni Avstraliyaga qarshi bo'lib o'tadi. Oxirgi turda esa "samuraylar"ga qarshi bahs o'tkaziladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia