Futzal bo'yicha CAFA-2022 chempionati. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham unda ishtirok etadi

Alisher
7 fev 2022, 13:10
Futzal bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-19) 12-19 fevral kunlari Bishkekda bo'lib o'tadigan Markaziy Osiyo futbol Assotsiatsiyasi (CAFA) chempionatida ishtirok etadi.

Reglamentga ko'ra, musobaqa aylana shaklda bir davra bo'lib o'tadi va unda har bir jamoa 4tadan o'yin o'tkazadi. G'olib jamoa eng ko'p ochko to'plaganlik bo'yicha aniqlanadi. Barcha o'yinlar Bishkekdagi "Gazprom" sport majmuasida o'tkaziladi.


Futzal bo'yicha 19 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasidagi CAFA-2022 chempionati:

1-tur

12 fevral (shanba)

15:00 – O'zbekiston – Tojikiston

18:00 – Eron – Afg'oniston


2-tur

13 fevral (yakshanba)

15:00 – Tojikiston – Eron 

18:00 – Qirg'iziston – Afg'oniston


3-tur

15 fevral (seshanba)

15:00 –  Afg'oniston – Tojikiston

18:00 – Qirg'iziston – O'zbekiston


4-tur

17 fevral (payshanba)

15:00 – Afg'oniston – O'zbekiston

18:00 – Eron  – Qirg'iziston


5-tur

19 fevral (shanba)

15:00 – O'zbekiston – Eron  

18:00 – Tojikiston – Qirg'iziston


AlisherMuallif
Manba: championat.asia