Futzal. Bahodir Ahmedov: "Medal bilan uyga qaytish yoqimli"

Tolibjon Qosimov
10 may 2014, 18:40
Osiyo chempionati uchinchi o'rin uchun o'yindan so'ng O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Avvalambor Quvayt terma jamoasiga o'yin uchun raxmat aytaman. Bugun yaxshi o'yin bo'ldi. Quvayt Osiyoda eng yaxshi jamoalar qatoriga kiradi.

Musobaqadan ko'nglimiz to'ldi. Jamoamiz umuman olganda yaxshi qatnashdi. Biz uchun medal bilan uyga qaytish juda yoqimli.
Bu mening murabbiylik faoliyatimdagi birinchi medal va bu juda ham yoqimli. Endi 2 yildan keyin bo'ladigan Jahon chempionatiga tayergarlik ko'ramiz. Shuningdek, yoshlarga ko'proq e'tibor qaratamiz.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia