Futzal. AGMK va "Lokomotiv" superkubok uchun o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2020
22 sentyabr kuni Olmaliq shahrida futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin bo'lib o'tadi.

Unda amaldagi mamlakat chempioni va kubogi sohibi – AGMK jamoasi O'zbekiston kubogi finalchisi “Lokomotiv”ga qarshi bahs olib boradi.

14:00 da start oladigan mazkur uchrashuv “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz