Futzal: 3-o'rin uchun o'yin. "Turon-S" bronza medal sohibi!

Narzulla Saydullayev
6 apr 2014, 17:30
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati 3-o'rin uchun bahs bo'lib o'tdi.
YANGILASH

Uchrashuv hisobini ushbu sahifa orqali jonli tarzda kuzatishingiz mumkin bo'ladi.

Dastlabki kungi bahsda "Turon-S", ikkinchi o'yinda "Bunyodkor" zafar quchdi. Shu bois uchinchi o'rin sohibi bugungi hal qiluvchi o'yinda aniqlandi.

So'nggi uchrashuvning asosiy vaqtida "Bunyodkor" 3:1 hisobida oldinda bordi. So'nggi daqiqalarda andijonliklar hisobni tenglashtira olishdi. 3:3 hisobi qayd etilgani uchun g'olibni aniqlash uchun 5 daqiqadan ikki bo'lim qo'shib berildi. Qo'shimcha taymlarda vodiy klubi g'alaba qozondi va bronza medaliga ega chiqdi!


3-o'rin uchun bahs. Uchinchi o'yin.
"Turon-S" - "Bunyodkor" 5:4

Gollar:
G'ulom Mamajonov 28, 40, Alisher Rizaev 37, Rashid Jabborov 43, Muxtor Abdukarimov 49 - Mashrab Odilov 13, 49, Davron Valijonov 14, 28
Amalga oshirilmagan dabl penalti:
Rashid Jabborov 48
"Turon-S":
Ahmad Boyxonboev, Qahramon Isaboev, Sobit Zokirov, Alisher Rizaev, Muxtor Abdukarimov, Abduvahob Iqboljonov, G'ulomjon Mamajonov, Odiljon Karimov, Rashidjon Jabborov, Elyor Domlaev.

"Bunyodkor": Rustam Umarov, Alisher Xolmuxamedov, Asomiddin Jaloliddinov, Baxtiyor Umarov, Alisher Ibragimov, Davron Valijonov, Mashrab Odilov, Ulug'bek Abdullaev, Abdushukur Yasinov, Asqar To'laganov, Dilmurod Shavkatov, Abdulla Bo'riev, Sardor Jabborov, Abbosbek O'lmasbekov.

Ogohlantirishlar: Dilmurod Shavkatov 15, G'ulom Mamajonov 16, Elyor Domlaev 26, Baxtiyor Umarov 35


3-o'rin uchun bahs. Birinchi o'yin.
"Turon-S" - "Bunyodkor" 7:3
Gollar:
G'ulomjon Mamajonov (4, 27,28, 39) - Dilmurod Shavkatov (3, 25), Davron Valijonov (10)


3-o'rin uchun bahs. Ikkinchi o'yin.
"Bunyodkor" - "Turon-S" -  6:2
Gollar:
Muxtor Hoshimov 4, Abdushukur Yasinov 11, Dilmurod Shavkatov 32, Abdulla Bo'riev 35, Rustam Umarov 38, Baxtiyor Umarov 38 - Muxtor Abdukarimov 7, 22 - .


Tolibjon Qosimov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia