

Futbolchilar mamlakatning bazi klublarida moliyaviy qiyinchiliklar bo'layotgani tufayli maydonga chiqishni istashmayapti. Argentinaning ikkinchi va uchinchi darajali ligalaridagi bahslar ham to'xtatildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ko'plab argentinaliklarga besh oydan beri maosh berishmayapti. Payshanba kuni Argentina hukumati mamlakat futbol assotsiatsiyasiga chempionatni davom ettirish uchun 22,7 mln. dollar to'ladi, ammo bu pullar qarzlarni yopish uchun yetmadi. Futbolchilar maoshlarini olmaguncha maydonga chiqmoqchi emas.



