Futbol faxriysi Valeriy Lyotkin xonadoniga tashrif buyurildi

Оқил Абдубарноев
18 may 2022
Bugun O'FA faxriylar kengashi a'zolari va OAV vakillari o'zbek futbolining faxriysi, ko'plab futbolchilarning ustozi bo'lgan Valeriy Lyotkinning xonadoniga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Valeriy Nikolaevichning yorqin faoliyati va o'zbek futboliga qo'shgan hissasi eslab o'tildi. Futbol faxriysiga o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan ko'krak nishoni va esdalik sovg'alari topshirildi.

Eslatib o'tamiz, bugun O'zbekiston va Italiya futboli afsonalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. 



Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia