Futbol bo'yicha Ukraina chempionati vaqtinchalik to'xtatildi

Alisher
24 fev 2022
Ukraina chempionatining 2021/22 yilgi mavsumi vaqtinchalik to'xtatildi.

Bu haqda Ukraina Premer-ligasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Chempionatni to'xtatish bo'yicha qaror mamlakatda yuzaga kelgan vaziyat sabab qabul qilindi.

Eslatib o'tamiz, Doneckning "Shaxtyor" jamoasi 47 ochko bilan ikkinchi o'rinda borayotgan Kievning "Dinamo" (45 ochko) klubidan oldinda borgan holda, jadvalda yetakchilik qilmoqda.

Ukrainaning amaldagi chempioni Kievning "Dinamo" jamoasi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: upl.ua