"Fulxem" London klubidan 18 mln evroga o'yinchi xarid qilmoqda

Alisher
9 avg 2022
"Fulxem" "Vest Xem" himoyachisi Issa Diopni xarid qilishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, tomonlar transfer bo'yicha deyarli kelishuvga erishdi.

25 yoshli francuzning xaridi "Fulxem"ga 18 million evroga tushadi.

Diop o'tgan mavsum "Vest Xem" tarkibida 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira