“Fulxem” Kernini “Vest Xem”ga 18 mln funtga sotmadi

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2018
Londonning “Fulxem” klubi “Vest Xem”ga yarim himoyachi Tom Kernining transferi yuzasidan rad javobini berdi.

“Bolg'achilar” 27 yoshli shotlandiyalikka 18 million funt sterling to'lashga tayyor turishgandi. Lekin bu summa “Fulxem” rahbariyatini qoniqtirmadi. 

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda futbolchi 18ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol kiritdi va uchta golga assistentlik qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: