

Manbaga ko'ra, ijara shartnoma muddati joriy mavsum oxirigacha hisobalanadi, sotib olish varianti esa ko'zda tutilmagan. Qayd etilishicha, 31 yoshli portugaliyalikka ijara muddati davomida "Fulxem"ning o'zi maosh to'laydi.

Soaresh joriy mavsum "kanonirlar" safida 4 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 4 million evroga baholamoqda.
"Fulxem" hozirda Angliya chempionatida 21 o'yindan keyin 31 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.



