Frenki de Yong "Real"ga qarshi o'yinda beldagi jarohatini og'irlashtirib oldi. U "Rayo" va "Alaves"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
25 okt 2021
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Real" (1:2)ga qarshi La Liga doirasidagi o'yinda jarohat oldi.

Niderlandiya terma jamoasi o'yinchisi o'yin oldidan sonida muammoni his qilgan, ammo baribir o'ynashga qaror qilgan. Shu sabab jarohat og'irlashgan.

24 yoshli o'yinchi 27 oktyabr kuni "Rayo Valekano"ga qarshi o'ynamasligi deyarli kafolatlangan.

Uning 30 oktyabr kuni "Alaves"ga qarshi o'yindagi ishtiroki ham so'roq ostida.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport