Frenki de Yong: "Real" g'alabaga munosib edi, ammo biz hali Kubok va CHLda o'ynaymiz, LaLigada kambek qilishga urinib ko'ramiz"

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2024
Frenki De Yong Ispaniya Superkubogi finalida "Real" "Barselona"dan kuchliroq bo'lganini tan oldi.

Finalda "Real" 4:1 hisobida g'alaba qozonib, Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.

"Biz o'sha bahsda yaxshi harakat qila olmadik, ammo bitta o'yin bilan butun mavsumga baho berib bo'lmaydi.

"Real" g'alabaga munosib edi. Biz o'sishda davom etishimiz lozim.

Yana uchta turnirda ishtirok etamiz - Ispaniya Kubogining 1/4 finalidamiz, CHLda o'ynaymiz va LaLigada kambek qilishga urinib ko'ramiz" - deydi Frenki De Yong.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca