

"Futbolda tezroq yaxshi natijalarga erishish muhimligini bilaman, ammo uzoq muddatli rejaga ega bo'lish ham muhim. Bizda esa u narsaning yo'qligi biroz yomon deb o'ylayman.
Hozirgi vaqtda barchasi qisqa muddatli rejalarga qaratilgan. Biz joriy mavsum so'nggida nima bo'lishini bilmaymiz", - deydi Fred.
MYU hozirda Angliya chempionatida 26 o'yindan so'ng 46 ochko jamg'argan holda, jadvalda 4-o'rinda bormoqda.



