Fred: "Biz qoloq mamlakatda yashaymiz. Sharmanda"

Mirjalol Normatov
8 dek 2019, 15:27
"Manchester Yunayted" futbolchisi Fred APLning 16-turi doirasida "Manchester Siti" maydonida bo'lgan voqea haqida gapirdi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida "shaharliklar" muxlislari Fredni irqiy kamsitishdi.

"Biz qoloq mamlakatda yashaymiz. Sharmanda! Bunday holat Ukrainada ham bo'lgandi. Barchamiz teng huquqlimiz. Shukurki, kiyinish xonasida barcha futbolchilar meni qo'llab-quvvatladi", - dedi Fred.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail