Fransesk Fabregas: Xose Reyna – "Barselona" uchun yaxshi variant"

Narzulla Saydullayev
10 okt 2013
"Barselona" yarim himoyachisi Fransesk Fabregas "Napoli" darvozaboni Xose Reyna kataloniyaliklar safiga kelishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berib o'tdi.
"Reyna - "Barselona" uchun yaxshi variant. U ispan futbolchilari imkoniyatlarini yaxshi biladi. U biz bilan terma jamoa safida ham o'ynaydi".

"U jamoada yaxshi muhit hukumronlik qilishini doim taminlay oladi. Undan tashqari, yana bir muhim tomoni, u juda tajribali darvozabon".

"Valdesga keladigan bo'lsak, u bir qarorga kelib bo'ldi. Hozircha jamoamizda Valdes o'rnida boshqasini tasavvur qila olmayapmiz", dedi Fabregas.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru