Fransesk Fabregas: "La Liga jamoalari maviyasi bir-biriga sezilarli darajada yaqinlashib tenglashib qoldi"

Tolibjon Qosimov
10 fev 2014, 12:39
"Barselona" yarim himoyachisi Frensesk Fabregas Ispaniya chempionati 23-tur o'yinlari doirasidagi "Sevilya" ustidan qozonilgan g'alabaning naqadar muhim ekanini ta'kidlab o'tdi.
"Bu juda muhim o'yin edi. Peshqadamlikka imkon paydo bo'ldimi, undan foydalanib qolish kerak. Yaxshiyamki, birinchi pog'onaga juda tez qaytdik.

Uchrashuv avvalida uncha yaxshi o'yin ko'rsatolmadik. Lekin Sanchesning golidan keyin o'yin tizgigini o'z qo'limizga oldik.

Ayni vaqtda La Ligada jamoalar saviyasi bir-birinikiga ancha yaqinlashib qolgan. Har bir o'yinda bor kuchni berib o'ynash kerak. O'yin o'z foydamizga hal bo'layotgan paytda, ustunlikni qo'ldan boy bermasligimiz shart. Men jamoamiz bilan faxrlanaman", dedi Fabergas.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru