Frank de Bur Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun davogar

Alisher
17 sen 2020
Niderlandiya Qirolligi futbol ittifoqi "Inter" va "Ayaks" sobiq bosh murabbiyi bilan muzokaralarni boshladi.

Rahbariyat yangi bosh murabbiyni Millatlar Ligasi doirasidagi Bosniya va Gertsegovina va Italiyaga qarshi bo'ladigan oktyabr oyidagi o'yinlar uchun tanishtirmoqchi.

Shu sabab de Bur bilan bo'layotgan muzokaralar tezlashtirildi. Eslatib o'tamiz, Ronald Kuman "Barselona"ga ketganidan so'ng niderlandlarning bosh murabbiylik kursisi bo'sh qolgandi.

De Bur faoliyati davomida "Ayaks", "Inter", "Kristal Pelas" va "Atlanta Yunayted" klublarida ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: telegraaf.nl