Francuz klubi futbolchisida koronavirus aniqlandi

6 iyul 2020, 20:10
"Bordo" futbolchilaridan birining koronavirus infekciyasi uchun topshirgan testi ijobiy natija bergan. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi. Zararlangan futbolchining shaxsi ochiqlanmadi.

"Infekciya aniqlangan o'yinchi darhol izolyaciya qilindi, u 2 hafta davomida karantinda bo'ladi. Klub hushyorlikni yo'qotmagan holda qolgan futbolchilar va xodimlarning ahvolini diqqat bilan kuzatishda davom etadi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, Fransiya ayni paytda koronavirusdan vafot etganlar soni bo'yicha dunyoda 6-o'rinni egallab turibdi (29 893).


Manba: twitter.com/girondins