Fransiyaning top-klublari Rudi Garsiyaga qiziqib qolishdi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2013
Fransiya grandlari "Marsel", PSJ va "Monako" "Roma" bilan Italiya chempionatida ajoyib tarzda boshlagan Rudi Garsiyaga qiziqib qolishdi.
Uchala klub ham 49 yoshli murabbiyni hozir jamoaga taklif etmoqchi emas, uni kelajakda chaqirishmoqchi.

Garsiya oldin Fransiyaning "Lill" klubida ishlagan, yozda "Roma"da ish boshladi. Hozircha uning Rim klubi bilan shartnomasi ikki yilga mo'ljallangan, ammo yaqinda bu muddat uzaytirilishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru