Husanov kecha tezlik bo'yicha "Lans"ning joriy mavsumdagi rekordini o'rnatdi!

Narzulla Saydullayev
17 dek 2023, 21:21
Fransiyalik jurnalist Loran Mazur o'z "X" sahifasida qiziqarli ma'lumotni taqdim etdi.

Unga ko'ra, kecha "Reyms"ga qarshi o'yinda to'liq harakat qilgan Abduqodir Husanov bahs davomida soatiga 35,38 km tezlikda harakat qilgan holda "Lans"ning joriy mavsumdagi rekordini o'rnatgan. 

Bungacha bo'lgan eng yuqori tezlik ham unga tegishli bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, "Lans" – "Reyms" o'yini mezbonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia