Fransiyaga qarshi bahs oldidan Urugvay terma jamoasida katta yo'qotish

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2018, 13:31
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Edinson Kavani jarohatini davolashda davom etmoqda.

Kavani Fransiyaga qarshi JCH-2018 1/4 final uchrashuvida ishtirok eta olmasligi ehtimoli katta.

Futbolchi ketma-ket 3ta mashg'ulotni o'tkazib yubordi. Agar Kavani o'sha bahsda maydonga tusha olmasa, uning o'rnini Kristian Stuani egallaydi.

Oskar Tabares faqat bir hujumchi bilan o'ynash usullarini ko'rib chiqmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN