

"O'ylashimcha, biz favoritmiz, lekin Argentina o'yindan o'yinga kuchayib bormoqda, shuning uchun bu jamoa ancha oldinga siljidi.
Men Raboning formaga qaytishini kutyapman, chunki Marokashga qarshi yaxshi o'ynagan bo'lsak ham, ko'p narsa tarkibga bog'liq. O'ylaymanki, biz g'alaba qozonamiz va finalda ko'p gollar bo'lishini his qilyapman, yakshanba kuni ertalab aniqroq aytishim mumkin", – dedi Makron.
Eslatib o'tamiz, Argentina hamda Fransiya o'rtasidagi final uchrashuvi 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.



