

Ushbu marosimda xalqaro futbol associaciyasini tashkil etish bo'yicha aktni qo'llab-quvvatlagan etti federatsiya vakillari (Fransiya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Ispaniya, Shvetsiya va Shveytsariya) ishtirok etishadi. Bundan tashqari yana bir qator maxsus mehmonlar ham taklif etilgan va ulardan biri Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peresdir.
Ma'lumotlarga qaraganda, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron vaziyatdan unumli foydalanib qolishni reja qilgan. U Peres bilan hujumchi Kilian Mbappe va boshqa fransiyalik futbolchilar Parijdagi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishi borasida suhbatlashmoqchi. Forvard yozda PSJni tark etadi va katta ehtimol bilan faoliyatini Ispaniya poytaxtida davom ettiradi.



