Fransiya chempionati. “PSJ” navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritdi

9 dek 2017, 23:17
Fransiya chempionatining 17-turida “PSJ” o'z maydonida “Lill”ni taslim etdi.

“Park de Prens” stadionida kechgan bellashuvning 28-daqiqasia Anxel Di Mariya poytaxt jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, keyinchalik uning aniq to'p uzatishidan keyin Xaver Pastore raqib posbonini ranjitdi. Mehmonlar hisobdagi farqni qisqartirishsada, o'yin so'nggida Mbappe yakuniy hisobni o'rnatdi -3:1.

Franciya chempionati.

17- tur

PSJ – Lill 3:1 (1:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 28 Di Mariya, 2:0 – 49 Pastore, 2:1 – 86 El-Gazi, 3:1 – 90 Mbappe.

PSJ – Areolya, Markinos, Berchiche, Dani Alves, Kimpembe, Verratti, Rabo (Lo Chelso, 46), Pastore (Nkunku, 85), Di Mariya (Draksler, 70), Mbappe, Kavani.

Lill –Menyan, Sumaoro, Alonso, Malkyui, Ie, Tiago Mayya (Sumare, 85), Amadu, Tiago Mendes (Luis Araujo, 74), Pepe (El-Gazi, 76), Ponse, Benziya.

Ogohlantirish: Verratti (66), Dani Alves (75), Benziya (78), Ie (90).


Manba: championat.asia