

Tajribali sobiq yarim himoyachi Toshkent futbol akademiyasining 2013 yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Musaev o'zining boy faoliyati davomida "Mashal", "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Turon", "Metallurg", "Neftchi" va "Buxoro" kabi mahalliy klublar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u legioner sifatida Qatarning "Al Muaizir", Eronning "Sepaxon" hamda Yaponiyaning "Jubilo Ivata" jamoalarida ham muvaffaqiyatli to'p tepgan.
Professional faoliyati davomida Fozil Musaev O'zbekiston chempioni va Kubogi sohibi bo'lgan, 2011 yilda esa "Nasaf" tarkibida OFK Kubogida g'olib chiqqan. Uning so'nggi jamoasi "Buxoro" klubi bo'ldi.



