Fozil Musaev: "Kanada boshida penaltidan gol urganida, Belgiya yuta olmasdi"

Sherzod Nurmatov
24 noya 2022
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Fozil Musaev bilan JCH-2022 guruh bosqichi doirasidagi Belgiya – Kanada (1:0) uchrashuvi xususida suhbatlashdik.

- Uchrashuvdan avval siz uchun kim favorit edi? 

- Albatta, ko'pchilik singari o'yindan oldin men uchun Belgiya favorit edi. 

- Nima deb o'ylaysiz, agar bahs avvalida Kanada penaltidan gol ura olganida, Belgiya baribir g'alabani ilib ketarmidi?

- Agar boshida gol o'tkazganida, menimcha, Belgiya uzog'i durang qila olardi va irodali g'alabani qo'lga kirita olmasdi.



- FIFA Kevin de Bryuyneni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topdi. Fikringizcha, bahsning eng yaxshi futbolchisi kim edi?

- Menimcha, eng yaxshisi de Bryuyne bo'ldi. U haqiqatan ham zo'r o'yinchi ekan, kechagi o'yini menga yoqdi. 

- Belgiya qaysi bosqichga qadar yetib bora oladi deb o'ylaysiz? 

- Uzoqqa boradi deb o'ylamayman. Kanada kecha Belgiyani rosa qiynadi. Agar Belgiyaning o'yini yaxshilanmasa, kechagi o'yini bilan uzoqqa bora olmaydi. 

- So'nggi savol: Qaysi terma chempion bo'ladi? 

- Fransiya yoki Braziliya.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia