FOTOFAKT. "Buxoro" futbolchisi futzalda

Narzulla Saydullayev
23 noya 2017, 11:15
"Buxoro" klubi himoyachisi Alisher Samatov o'zini futzalda sinab ko'rishga ahd qilgan ko'rinadi.

Kuni kecha Toshkentda boshlangan "Federatsiya kubogi"da Samatov "Semurg'" klubi safida o'ynashni boshladi.

Qizig'i o'tgan hafta ushbu futbolchi "Buxoro" safida oliy liga doirasida "Bunyodkor" bilan bahsda o'ynagandi. Axir oldinda 30-tur o'yinlari borku deyishingiz mumkin. Lekin so'nggi turni Samatov sariq kartochkalari to'planib qolgani bois o'tkazib yuboradi. Ana shunaqa.

Alisher Samatov "Olmaliq" futzalchisi Jamoliddin Sharipovga qarshi

Samatov 2017 yil birinchi davrada "Navbahor"da o'ynagandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia