Fors matbuoti: Eron uchun JCH-2022 sari yo'l 1 sentyabrda boshlanadi

Xayrulla Xoliqov
19 avg 2019
Eron futbol sayti persianfootball.com milliy terma jamoa JCH-2022 uchun harakatni 1 sentyabrdan boshlashini ma'lum qildi.

Sayt bergan xabarga ko'ra, Eron terma jamoasi 1 sentyabr kuni mamlakat poytaxti Tehronda yig'iladi va 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlikni boshlaydi. Tehronda uch kunlik mashg'ulotdan so'ng forslar saralashning birinchi rasmiy bahsini o'tkazish uchun Gonkonga yo'l oladilar. 

Mark Vilmots boshqaruvidagi jamoa 10 sentyabr kuni Gonkong termasiga qarshi maydonga tushadi. Eron terma jamoasi o'ynaydigan taqvim quyidagicha: 

10 sentyabr, 2019. Gonkong - Eron 

10 oktyabr, 2019. Eron - Kambodja 

15 oktyabr, 2019. Bahrayn - Eron 

14 noyabr, 2019. Iroq - Eron 

26 mart, 2020. Eron - Gonkong

31 mart, 2020. Kambodja - Eron 

4 iyun, 2020. Eron - Bahrayn

9 iyun, 2020. Eron - Iroq


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com