Football Italia ijodkorlari tomonidan o'ziga xos ramziy jamoa tuzildi

20 may 2020, 00:53
Football Italia nashri A Seriyada to'p tepgan Yevropaning sharqiy qismida tug'ilgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi.

Jamoa 3-4-2-1 taktik sxemasi asosida shakllantirilgan.

Darvozabon: Samir Xandanovich (Sloveniya - "Udineze", "Inter").

Himoyachilar: Kaxaber Kaladze (Gruziya - "Milan", "Jenoa"), Kristian Kivu (Ruminiya - "Roma", "Inter"), Sinisha Mixaylovich (Yugoslaviya/Serbiya - "Roma", "Sampdoriya", "Lacio", "Inter").

Yarim himoyachilar: Zvonimir Boban (Yugoslaviya/Xorvatiya - Milan), Deyan Stankovich (Yugoslaviya/Serbiya - Lacio, Inter), Vladimir Yugovich (Yugoslaviya/Serbiya - Sampdoriya, Yuventus, Lacio, Inter), Pavel Nedved (Chexiya - Lacio, Yuventus), Deyan Savichevich (Yugoslaviya/Chernogoriya - Milan), Zbignev Bonek (Polsha - Yuventus, Roma)

Hujumchi: Andrey Shevchenko (Ukraina - Milan).


Manba: Football Italia