Flik: "Selta"ga qarshi 2:2dan keyin shunday ishonchli g'alabaga erishganimiz yaxshi bo'ldi"

Omonjon To`xtamirzayev
27 noya 2024
Xans-Diter Flik "Brest" ustidan qozonilgan yirik (3:0) g'alabadan mamnun.

"Men baxtliman. Biz yirik g'alabaga loyiq edik, hatto bundanda ko'proq gol urishimiz mumkin edi, lekin men mamnunman. "Selta"ga qarshi o'yindan keyin shu kabi ishonchli o'yin ko'rsatganimiz yaxshi bo'ldi.

Jamoa Levandovskiga gol urishda yordam bermoqda, bu gollarning barchasida jamoaning umumiy hissasi bor. U gol urishi kerakligini biladi va buning uchun barcha imkoniyatga ega, ammo bu yo'lda jamoadoshlari ham ajoyib ishlarni amalga oshirishmoqda", – dedi "Barselona" ustozi "Movistar" efirida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Movistar