Flik "Barselona"ning "Sevilya" ustidan qo'lga kiritgan yirik hisobdagi g'alabasi haqida nima dedi?

Iskandarov Abdulaziz
10 fev 2025
"Barselona" La Liga 23-turida "Sevilya" mehmoni bo'ldi.

Kataloniyaliklarning yirik hisobda yakunlangan uchrashuvidan so'ng jamoa ustozi Xans-Diter Flik fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Ko'rsatgan o'yinimizni etirof etgan bo'lardim. Birinchi bo'limda munosib harakat qildik, ikkinchi bo'limda bo'shashdik. Raqib safida qanotlarda tezkor o'yinchilar bor edi. Biz ularni yaxshi himoya qila oldik",- deydi Flik. 

23-turdan so'ng "Barselona" ochkolari sonini 48 taga etkazib oldi va 3-pog'onada ketmoqda. "Sevilya" esa 28 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Marca.com