

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kecha jamoaga oid maxfiy ma'lumotlarni matbuotga etkazayotgan o'yinchini aniqladi. Bu haqda COPE onlayn nashri muxbiri Viktor Navarro X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi. Navarro na futbolchining ismini, na oshkor etilgan ma'lumotlar tafsilotlarini ma'lum qildi. Lekin hozirda Flik bu ishni kim qilganini bilib olgan. Uning nomini ommaga ochiqlash biroz noto'g'ri bo'lishi qayd etilgan.
"Barselona" La Liganing 17-turi yakuniga ko'ra Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin raqibi "Real"dan to'rt ochko oldinda turibdi.
Ichki chempionatning navbatdagi o'yinida ko'k-anorranglilar safarda "Vilyarreal" bilan to'qnashadi.



