Firmino: "Ramosning so'zlari ahmoqlik"

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2018
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino "Real" sardori Serxio Ramosning so'zlariga izoh berdi.

Oldinroq, "Liverpul" futbolchilari Muhammad Saloh va Loris Kariusni jarohatlashda ayblangan Ramos Firmino shamollashida ham men aybdorman deb, kesatgan edi.

"Ramos so'zlari haqida hech narsa demoqchi emasman. Albatta, uning haqqi bor, axir u chempion. Hammasi joyida. Biroq bu Ramos tomonidan ahmoqlik bo'ldi" - deydi Firmino.

Eslatib o'tamiz, "Real" Chempionlar ligasi finalida "Liverpul"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN