Firmino "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan: "Umid qilamanki, g'alaba qozona olamiz"

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2019
"Liverpul" futbolchisi Roberto Firmino APL doirasida "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Jamoaviy ishlashga ko'p narsa bog'liq. Biz deyarli uch yildan beri birgamiz va kundan-kunga kuchayib bormoqdamiz. O'yin va mashg'ulotlarda bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. Muvaffaqiyatimizni his qilyapman va bunga ishonaman.

"Chelsi" ajoyib jamoa va kuchli to'rtlikka kirish uchun kurashmoqda. Yaxshi o'yin bo'ladi. Umid qilamkni, g'alaba qozona olamiz", - dedi Firmino.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports