“Fiorentina” prezidenti: “Yuventus” Yovetich uchun 30 mln evro bermasa, uni boshqa klubga sotib yuboramiz

“Fiorentina” klubi prezidenti Andrea Della Valle, klub hujumchisi Stefan Yovetichning transferi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Agar “Yuventus” Yovetichni sotib olmoqchi bo'lsa, unda futbolchi uchun 30 mln evro berishi shart yoki hech qanday kelishuv bo'lmaydi. Aks holda, biz uni boshqa klubga sotib yuboramiz va “Yuventus” taklifini kutmaymiz.

Faqatgina bir narsaga oydinlik kiritish kerak, “Yuventus”da futbolchi trnasferi uchun 30 mln evro topiladimi yoki yo'qmi. Fikrimcha bunday mablag' ularda mavjud”, - deydi Della Valle.


Manba: sports.ru