"Fiorentina" Lyaichga Xorvatiyadan o'rinbosar topdi

Tolibjon Qosimov
26 avg 2013
"Fiorentina" Adem Lyaich bilan shartnomani uzaytirish borasida boshqa muzokara olib bormaydi va "Split" hujumchisi Ante Rabichni sotib oladi, deya xabar bermoqda Calcio Mercato.
Lyaich o'z faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha ma'lum emas. Biroq uning jamoadan ketishi "Fiorentina"ga 12 million evro keltiradi. 21 yoshli futbolchi uchun asosiy davogarlar sifatida "Milan", "Roma" va "Atletiko" klublari ko'rsatilyapti.

Bu orada esa italyan klubi "Split" bilan 19 yoshli Rabich transferi borasida kelishuvga erishdi.  Biroq hozircha transfer shartlari va narxi e'lon qilinganicha yo'q. 

Yakunlangan mavsumda Rabich Xorvatiya chempionatida 29 uchrashuvda maydonga tushib 11 golga mualliflik qilgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru