

Buni "La Gazzetta dello Sport" tasdiqladi. Manbaning ma'lum qilishicha, "fialkalar" futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi. Unga ko'ra, o'yinchining tovon puli 70 million evro bo'ladi. Oldinroq, futbolchining xizmatlariga "Barselona", "Chelsi", "Bavariya" va "Yuventus" qiziqayotgani xabar qilingan edi.



