Finlyandiya terma jamoasi xavbeki Kauko Hindistonning "Moxun Bagan" klubiga o'tdi. U Evrodagi barcha uch o'yinda harakat qildi

Alisher
25 iyun 2021, 10:38
Finlyandiya terma jamoasi xavbeki Yoni Kauko faoliyatini Hindistonda davom ettiradi.

30 yoshli futbolchi "Moxun Bagan"ga Daniyaning "Esberg" klubidan o'tdi. Shartnoma 2 yilga mo'ljallangan.

Kauko Evro-2020 doirasidagi Belgiya, Daniya va Rossiyaga qarshi o'yinlarning barchasida zaxiradan maydonga tushgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/atkmohunbaganfc